Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sevgi iztirobi»da Amir rolini o‘ynagan Kaan Urganjio‘g‘li Toshkentga keldi

«Sevgi iztirobi»da Amir rolini o‘ynagan Kaan Urganjio‘g‘li Toshkentga keldi

Foto:«Kun.uz»

O‘zbekiston telekanallarining birida namoyish etilgan «Sevgi iztirobi» serialidagi Amir roli orqali tomoshabinlarga tanish Kaan Urganjio‘g‘li Toshkentga keldi. U «Baron-2» filmining O‘zbekistonda tasvirga olinadigan epizodlarida qatnashish uchun tashrif buyurdi deya yozmoqda «Kun.uz».

Kaan Urganjio‘g‘li 1981-yilning 8-may sanasida Turkiyaning Izmir shahrida tug‘ilgan. AQShda kollejni tamomlagan Urganjio‘g‘li 2000-yilda Istanbulga qaytgan va Marmara universitetining Moliya fakultetini tamomlagan.

Foto:«Kun.uz»

«Baron-2» filmi uchun Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Hollivud aktyorlari ham jalb etilgani ma’lum qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring