Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Belarus Prezidentini yubiley bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta yutuqlar, do‘st Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘z navbatida, Belarus Prezidenti O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.

Suhbat davomida joriy yilning 7–9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring