Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-mart kuni ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter