Shavkat Mirziyoyev Fransiya Senati raisiga o‘zbekcha fransuz konstitutsiyasini sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Parij shahrida Fransiya Respublikasi Senati raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida ham Fransiya parlamenti bilan hamkorlik guruhlari tashkil etilgan. Fransiya Senatida “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi, quyi palata – Milliy assambleyada “Fransiya - O‘zbekiston” do‘stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston rahbari Fransiya Senatining tarixiy binosini ko‘zdan kechirdi.
Senat Fransiya parlamentining yuqori palatasi bo‘lib, uning a’zolari umumiy bilvosita ovoz berish yo‘li bilan saylanadi hamda mamlakat hududlariga vakillik qiladi.
Senatorlar qonun loyihalarini qo‘mitalarda ishlab chiqish, yalpi majlislarda muhokama qilish va ma’qullash orqali qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Senat raisini Fransiya Konstitutsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi bilan tabrikladi. Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekistonda o‘zbek va fransuz tillarida chop etilgan Fransiya Konstitutsiyasining ilk nusxasini sovg‘a qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter