Shavkat Mirziyoyev Jozef Bayden bilan uchrashdi
19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. AQSh Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
AQShning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga to‘xtalib o‘tildi.
Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlatimiz rahbarining AQShga tashrifidan oldin o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini ta’minlashning boshqa yo‘nalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter