Shavkat Mirziyoyev karmanalik tadbirkor bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari dastlab Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Uni tashkil qilish bo‘yicha loyiha o‘tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi, deyiladi O‘zA xabarida.
Oradan o‘tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda jo‘ja yetishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxim beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha tashabbuskori bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma’lum qilinganidek, 2019-yilda inkubatsiya, tuxum yetishtirish komplekslarini ishga tushirish mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, 100 kishining bandligi ta’minlanadi.
— Parrandachilik bo‘yicha tizim yaratilibdi, — dedi Prezident. — Endi bu yerda tuxum yetishtirish va uni eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter