Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xmeymim aerodromida An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyada Rossiyaning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyotdagi Rossiya harbiylari — 33 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter