Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida xalqimizga tabrik bilan murojaat qildi.

Davlatimiz rahbar so‘zining avvalida butun xalqimizni ulug‘ ayyom — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

«Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

«Yangi O‘zbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;

– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;

– tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring