Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevni Imomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Imomali Rahmon kutib oldi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va hukumat a’zolari kutib oldi. Faxriy qorovul saf tortdi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Kutib olish marosimidan keyin prezidentlar tor va keng doiradagi uchrashuvlarni o‘tkazish uchun «Qasri Millat» saroyiga yo‘l olishdi. Kortejni kuzatish uchun yo‘lning ikki tomonida 12 ming talaba-o‘quvchilar kutib olishdi.

Tashrif chog‘ida oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokara yakunlari bo‘yicha Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring