Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli yer ko‘p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.
— Biz bu hududda lavlagi yetishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini ta’minlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter