Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi

Foto: «President.uz»

Kecha, 2-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xatirchi tumanida Navoiy viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari viloyatda 2017 yilda bajarilgan ishlar, joriy yilda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida ma’ruza qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Navoiy viloyati boy tabiiy resurslarga, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega. Bu boylikni xalqimiz manfaati yo‘lida ishlatish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda, — dedi davlat rahbari. — Odamlarning dunyoqarashi, mehnatga munosabati o‘zgarmoqda. Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi — ilm, daromad, manfaat.

Shunday klasterlar namunasi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Suv tejaydigan texnologiyalar asosida meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, yaylovlarda qorako‘lchilik va echkichilikni rivojlantirish, Nurotada pistachilikka ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari Navoiy viloyatida foydalinilmayotgan imkoniyatlarni tahlil qilib, ularni ishga solish orqali odamlarni ish bilan ta’minlash, moliyalashtirish bazasini kengaytirish, mahalliy budjetlarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, imortni qisqartirish va eksportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joylar qurish, aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi dolzarb masalalar hal etildi. Xususan, arzon uy-joylar qurish o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobar oshiriladigan, viloyat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va shifoxonalarni jihozlash uchun 4,5 million dollar mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalar to‘ylarini davlat tomonidan ixcham tarzda o‘tkazib beruvchi jamg‘arma tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Videoaloqa orqali boshqa tuman va shaharlardagi odamlar bilan muloqot qilindi. Shavkat Mirziyoyev ularning talab va istaklarini bajarish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Navoiy viloyatining mehnatkash aholisi belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, har tomonlama rivoj topishiga ishonch bildirildi.

Shu bilan Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring