Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan borishi haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrifning aniq sanasi ma’lum bo‘ldi.
Xorijiy OAVning xabariga asoslanadigan bo‘lsak, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9-10-mart kunlari qo‘shni respublikasiga tashrif uyushtiradi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidentiga Tojikiston milliy universitetining fan doktori faxriy unvoni berilishi kutilmoqda. Shuningdek, turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, bir qator hujjatlar imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, tashrif davomida umumiy qiymati 15-20 million dollar bo‘lgan 20 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter