Shavkat Umurzoqov gimnastika federatsiyasi raisligini ham topshirdi

Bugun, 17-iyun kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov federatsiyaning avvalgi rahbari Shavkat Umurzoqovning boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rais saylash haqida to‘xtaldi.
Oybek Qosimov ushbu lavozimga federatsiya bosh homiysi “O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ro‘ziqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va U.Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Toshkent shahar hokimi vazifasida ishlayotgan Shavkat Umurzoqov joriy yil mart oyiga qadar “O‘zavtosanoat”ning rahbari va shu bilan birga federatsiya raisi ham edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter