Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga IT-markazlarga bepul yo‘llanma berdi

Sherzod Shermatov imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga IT-markazlarga bepul yo‘llanma berdi

Bugun, 12 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida bo‘ldi.

AKT vaziri bu yerda tahsil olayotgan 350 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitilish jarayoni va moddiy texnik ta’minoti bilan tanishdi.

Mazkur kasb-hunar maktabining «Raqamli texnologiyalar» kafedrasida tahsil oluvchi iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari sohasida bajarayotgan amaliy dasturiy ishlari bo‘yicha fikr almashdi.

AKT vaziri Bitiruvchi yoshlarni kelajakdagi sohalari bo‘yicha avvalo jamiyatimiz uchun kerakli mutaxassis bo‘lishlari hamda moddiy jihatdan o‘zlarini ta’minlay olishlari kerakligi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, bilim salohiyatlarini yanada oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘quvchilarga Farg‘ona viloyat IT-markazlarida bepul ta’lim olishlari uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring