Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kimga qovoq yeyish mumkin emasligini aytdi

Shifokor kimga qovoq yeyish mumkin emasligini  aytdi

Foto: depositphotos.com

Qovoqni kattalar kuniga 200-300 gramm, bolalar esa 100 gramm iste’mol qilishlari mumkin, dedi Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasining mutaxassisi Andrey Tyajelnikov RIA Novosti bilan suhbatda. Bu haqda abnews.ru xabar bermoqda.

Shuningdek shifokor qandli diabet, surunkali gastrit va kislota tanqisligi bilan og‘rigan, buyragida toshi bor odamlar qovoqni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, pankreatit va xolesterinning kuchayishi mavjud bo‘lganda qovoq iste’mol qilishdan tiyilish kerak, deya qo‘shimcha qildi u.  

Ma’lumot o‘rnida: qovoqda ko‘p miqdorda vitaminlar va mikroelementlar mavjud. Shuningdek,  tabiiy antioksidantlar va o‘simlik oqsilining manbai hisoblanadi. Qovoq ovqat hazm qilish va metabolizmni yaxshilaydi, ko‘rish, immunitet tizimi, yurak va jigar faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tarkibidagi fitosterollar tufayli qovoq «yomon xolesterin» darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring