Shimoliy Koreya iqtisodiyoti orqaga ketmoqda
Shimoliy Koreyaga qarshi o‘rnatilgan sanksiyalar va qurg‘oqchilik tufayli mamlakat iqtisodiyoti o‘tgan yili 3,5 foizga orqaga ketgan, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.
Bu so‘nggi 20 yil mobaynidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.
Janubiy Koreya Markaziy banki Shimoliy Koreyaning iqtisodiyoti 2017-yilda 3,5 foizga kamayganini ma’lum qildi.
So‘nggi marta Shimoliy Koreya iqtisodiyoti 1997-yili eng yomon ko‘rsatkichda bo‘lgan. O‘shanda mamlakat iqtisodiyoti 6,5 foizga orqaga ketgan edi.
«Shimoliy Koreya iqtisodiyotidagi bunday salbiy holatga ko‘mir ishlab chiqarish, og‘ir va kimyo sanoatidagi pasayish sabab bo‘lgan», – deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya iqtisodiyoti o‘tgan yili 3,1 foizga o‘sgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter