Shimoliy Koreya Rossiya vaksinasini sotib oldi — OAV

KXDR Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasi hamda Xitoy termograflarini sotib oldi. «Asaxi simbun» gazetasi Xitoy tashqi savdo doiralaridagi manbalari hamda Janubiy Koreya razvedkasiga asoslanib shu xabarni tarqatdi.
Yapon nashriga ko‘ra, Pxenyan vaksinatsiyalashni mamlakat rahbariyati va davlat xizmatchilaridan boshlaydi. Davlat rahbari Kim Chen Inga vaksina, to xavfsizligi sinovdan o‘tmagunicha, qo‘llanilmaydi... Shimoliy koreyaliklar qancha miqdorda vaksina keltirishgani gazeta manbalari uchun sir bo‘lib qolgan.
Xitoydan keltirilgan termograflarni esa aynan Xitoy bilan chegaradagi kirish-chiqish punktlarida qo‘llashmoqchi. Nashr bundan muddao Pxenyan Pekin bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni tiklashni urinayotganida deb bilmoqda.
Maqolada yozilishicha, Shimoliy Koreya tashqi savdosining 98 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Pandemiya davrida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 2020-yilning oktyabr oyida 2019-yil oktyabridagiga nisbatan 99 foizga qisqarib ketgan.
KXDR oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelgan, xususan, yog‘ va shakar narxi 2-10 karra qimmatlashgan, yozadi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter