Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohjahon Ergashev WBA reytingida kuchli o‘nlikka kirdi

Shohjahon Ergashev WBA reytingida kuchli o‘nlikka kirdi

Foto: O‘zA

Jahon boks uyushmasi — WBA yangi reytingni e’lon qildi. O‘zA xabariga ko‘ra, yengilmas professional bokschi Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) kuchli o‘nlikka kirdi va dunyoning to‘qqizinchi raqamli bokschisiga aylandi.

— Bu ko‘tarilish faqat men uchun emas, balki butun o‘zbek xalqining yutug‘idir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor-yo‘g‘i sakkiz pog‘ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog‘onalarni bosib o‘tishimga ishonaman, — deydi Shohjahon Ergashev.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28-aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring