Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuncha psixotrop moddalar qayerdan «uchib» o‘tyapti?

Shuncha psixotrop moddalar qayerdan «uchib» o‘tyapti?

Foto: «Xabar.uz»

Bojxonaga qoyil qolish kerak. Har xil reydlar, tezkor tadbirlar o‘tkazib, turli huquqbuzarliklarni aniqlashadi, qoidabuzarlarni ushlashadi. Bu haqda ma’lumot tayyorlab, OAVga ham tarqatishadi.

Gapimizni juda ko‘p misollar bilan dalillashimiz mumkin. Masalan, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida bitta Neksiya mashinasidan 3 xil giyohvand modda topilib, ushlangan. Farg‘ona shahrida ham bitta avtomobildan kuchli ta’sir qiluvchi tabletkalarni qo‘lga tushirishgan. Yoki Toshkent viloyatidagi boshqa holatda kattaroq miqdorda narkotik moddalar ushlangan.

Ular faqat chegarada emas, shahar ichida yoki boshqa hududlarda ham reyd o‘tkazib, mana shunday og‘ularni topishadi. Hammasi zo‘r, faqat bir savol tug‘iladi shu yerda: mashina yo boshqa hududlardan topilgan giyohvand, psixotrop moddalar qayerdan paydo bo‘lyapti?

Xo‘p, narkotikdan boshqa misol keltiramiz. Deylik, pirotexnika vositalari. Ayni hozir panqilloqlarning mavsumi boshlangan. Bozorlar, mashinalar, ko‘chalar va shunga o‘xshash jamoat joylarida reydlar qilinib, panqilloq sotuvchilarni qo‘lga olinyapti. Masalan, Qashqadaryoda 13 mingta, Jizzaxda mashinadan salkam 33 mingta, Toshkent shahrida esa qariyb 56 mingta shunday vositalar aniqlangan va uni sotuvchilar ushlangan. Yuqoridagi barcha tadbirlar shu yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan.

Ana endi, yuqoridagi savolga yana qaytamiz: shuncha pirotexnika vositalari qayerdan paydo bo‘lib qolyapti, yo ularni kimdir ishlab chiqaryaptimi? Axir mashina, ko‘cha yo bozorda bemalol sotib yurishgan ekan, demak, ular ham qayerdandir yoki kimdandir olgan emasmi? O‘zbekistonda psixotrop va pirotexnika vositalari ishlab chiqarilmasligini inobatga olsak, u qanday qilib mamlakatga kirishi mumkin?

Bir narsaga oydinlik kiritish kerak, nega endi chegaradayoq yo‘q qilinishi zarur bo‘lgan katta partiyali bunday moddalar butun O‘zbekistonga tarqab ketyapti...

Nega ular chegaradayoq to‘xtatilmayapti? Hatto dorixonalargacha yetib boryapti. Dorixonagacha kirgan bunday tabletkalar biror o‘smirning qo‘liga osongina tushmasligiga kafolat bormi? Yoshlarni bunday zaharlashdan kim manfaatdor o‘zi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring