Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiya Ukrainaga 7,5 mlrd dollarlik yordam beradi

Shvetsiya Ukrainaga 7,5 mlrd dollarlik yordam beradi

Shvetsiya mudofaa vaziri Poul Jonson mamlakat kelasi ikki yil ichida Ukrainaga harbiy yordam sifatida 70 milliard kron (7,5 milliard dollar) ajratishini aytdi

Ushbu mablag‘ning asosiy qismi Shvetsiya Qurol-yarog‘ boshqarmasi tomonidan Archer o‘ziyurar artilleriya birliklari va boshqa qurollarni sotib olishga, keyinchalik Ukrainaga o‘tkazishga sarflanadi. 

Janob Jonson, shuningdek, Shvetsiya Polshaga harbiy yordam berishga tayyorligini aytdi.

“Biz Polsha Mudofaa vazirligi bilan bog‘landik va agar ular bundan manfaatdor bo‘lsa, zarur resurslarni taqdim etishga tayyorligimizni aytdik”, — dedi u.

Polsha rasmiylari 10-sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarining mamlakat hududiga hujum qilgani haqida ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat qo‘shinlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi ob’yektlariga hujum qilgani haqida xabar berdi, biroq Polsha havo hududini kesib o‘tgan Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining maksimal masofasi 700 km dan oshmaydi.

Polshaning ko‘plab ittifoqchilari allaqachon yordam berishga tayyorligini bildirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring