Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada Qurbon hayit kuni Qur’on yoqib yuborildi

Shvetsiyada Qurbon hayit kuni Qur’on yoqib yuborildi

Kecha, 27 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muaqaddas Qur’on kitobiga cho‘chqa yog‘i surtib, so‘ng omma oldida yoqib yubordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiya politsiyasi Stokgolm markazida musulmonlar peshin namozi vaqtida masjid yaqinida Qur’onni yoqib yuborishga qaratilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan.

Bu voqeani butun musulmon dunyosi qoraladi va Turkiya hukumati Shvetsiyaga agar mamlakat NATOga a’zo bo‘lishni istasa, bunday harakatlarga chek qo‘yish kerakligini eslatdi.

Bu ishni 37 yoshli asli iroqlik Salvan Momika qilgan. Voqea joyida 200 ga yaqin odam va bir necha o‘nlab jurnalistlar bo‘lgan.

Politsiya Momikaga tosh otmoqchi bo‘lganlardan birini qo‘lga olgan. Yig‘ilganlardan biri uni «terrorchi» deb atab, «Qur’on bizning qo‘limizda emas, qalbimizda, biz uni yoddan bilamiz», deya baqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring