Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin Rossiyaga safarini yakunlab, Xitoyga uchib ketdi

Si Szinpin Rossiyaga safarini yakunlab, Xitoyga uchib ketdi

Bugun Xitoy raisi Si Szinpin Rossiyaga uyushtirgan ikki kunlik davlat safarini yakunlab, «Vnukovo-2» aeroportidan Xitoyga jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Xitoy rahbarining rasmiy tashrifi ikki kun davom etdi. Uni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va boshqa qator rasmiy shaxslar kuzatib qo‘yishgan.

Ma’lumot uchun, Xitoy yetakchisi Si Szinpin 20 mart kuni Moskvaga kelgan edi. Shu kuni u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Unda Si Szinpin Xitoy Ukrainadagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishda konstruktiv rol o‘ynashda davom etishini ta’kidlagan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlik rejalari to‘g‘risida va sheriklikni rivojlantirish rejalari to‘g‘risidagi ikkita qo‘shma hujjatni imzolagan. Safar yakunida Si Szinpin rossiyalik hamkasbini Xitoyga taklif qilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring