Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi Mudofaa vazirligi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Sirdaryodagi Mudofaa vazirligi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

«O‘zgidromet» mutaxassisi Erkin Abdulahatov yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 04:52 da Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismda portlash ro‘y bergan. Keyinroq Mudofaa vazirligi holatga aniqlik kiritdi.

Mudofaa vazirligi xabarida bugun, 22-oktyabr soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgani aytilgan.

Talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi aholi kuchli gumburlash, osmonning qizg‘ish rangga kirganiga guvoh bo‘lgan, deb yozgandi Erkin Abdulahatov.

Portlash yuqoridagi kamerada olingan obyektdan 5 km uzoqlikda ro‘y bergan. Chunki chaqnashdan so‘ng akustik to‘lqin 15 sekund o‘tib obyektga yetib kelgan. Bu portlash va obyekt o‘rtasidagi masofa 5 km ekanini anglatadi. Havoda tovushning tarqalish tezligi sekundiga 335 metrga teng.

Ta’kidlanishicha, Sirdaryo tumanida aholi yashash obyektlari, savdo-shoxobchalari, magazin va boshqa ijtimoiy obyekt deraza oynalari akustik to‘lqindan singan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring