Slovakiya bosh vaziri otib ketildi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga noma’lum shaxs o‘q uzdi, u shifoxonaga olib ketilgan, deb yozdi Aktuality.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Slovakiyaning TAZ telekanali xabar berishicha, Fitsoga to‘rt marta o‘q uzilgan, bitta o‘q uning qorniga tekkan.
Dennik N gazetasining yozishicha, Fitso Handlova shahrida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishidan keyin omma oldiga chiqqanida olomon orasida unga qarata o‘q uzilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir yiqilgan, uni tezda mashinada olib ketishgan. Hozirda Fitsoning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Lekin so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q uning tanasiga jiddiy zarar yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suiqasdni amalga oshirgan shaxs 71 yoshda bo‘lib, Levitsa shahrida yashagan. Ayni damda suiqasd sabablari noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter