Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ochildi

Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ochildi

Foto: «Ferra.ru»

Hademay «Xiaomi» 100 vattli tezkor quvvatlagichga ega smartfonini taqdim etadi, kuni kecha esa «Realme» xuddi shunday smartfoni (faqat uniki 125 Vt) bilan tanishtirgandi. Shunday yangiliklar chiqayotgan bir pallada kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi «Tencent Security Xuanwu Lab» kompaniyasi smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ko‘rsatilgan dalilni ilgari surmoqda.

Kiberxavfsizlikning akkumulyatorga nima aloqasi bor?

Kompaniya mutaxassislari hisobotida keltirilishicha, xakerlar mabodo «BadPower» (shartli nom) hujumini uyushtirsa yuz millionlab qurilmalar xavf ostida qoladi. Ekspertlar 35 xil quvvatlagich adapteri, tashqi akkumulyatorlar va boshqa turdosh qurilmalarni sinab ko‘rishdi. Ularning 18 tasi xavfsizlik talablariga javob bermadi. Bulardagi zaiflik orqali xakerlar smartfon, planshet yoki noutbuklarga ortiqcha tokni yo‘naltira oladilar. Bu hatto qurilmaning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eng yomoni, «BadPower»ni masofadan uyushtirish mumkinligi. Bunda qurilmada tezkor quvvatlashning qaysi texnologiyasi qo‘llanayotganining ahamiyati ham qolmaydi. Hamma gap USB-port orqali quvvatlagich adapteri mikrokodini o‘zgartirib qo‘yish imkoniyatining mavjudligida. Shu boisdan ham mutaxassislar o‘z smartfoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz quvvatlagichlarini begonalarga bermaslikni tavsiya qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring