Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sochida bir kunda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

Sochida bir kunda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Yuga.ru

Bugun, 3-mart kuni Rossiyaning Sochi shahri va uning atrofida qatorasiga ikki marta zilzila sodir bo‘ldi.

Birinchi yer silkinishi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:09 da qayd etildi. Uning magnitudasi 4,3 ballni tashkil etdi.

Ikkinchi zilzila oradan salkam ikki soat o‘tib sodir bo‘ldi, magnitudasi — 4,4 ball.

Zilzila o‘chog‘i Qora dengizda, Sochi sohillaridan taxminan 23-27 km uzoqlikda joylashgan.

Shaharning barcha tumanlarida, ayniqsa ko‘p qavatli binolarda tebranishlar aniq sezilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uylarda qisman mebellar va qandillar tebrangan.

Shahar meri Andrey Proshuninning ma’lum qilishicha, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. Infratuzilma ob’yektlari odatdagi tartibda ishlamoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kavkaz tog‘lari kabi yosh tog‘ tizimlari uchun bunday seysmik faollik tabiiy hol hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring