O‘zbekiston kubogi o‘yinidan so‘ng futbolchilar mushtlashib ketishdi

O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — «Nasaf» o‘yini so‘ngida janjal yuz berdi.
Jizzaxda o‘tgan uchrashuvning 90-daqiqasida maydon markazida «Nasaf» himoyachisi Umar Eshmurodov «So‘g‘diyona» hujumchisi Bahodir Nasimovni boshi bilan zarba berib, yiqitdi. Aynan ushbu narsa o‘yin yakunlangach, ommaviy tartibsizlikka sabab bo‘ldi. Eshmurodov, shuningdek, Jizzax klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev bilan tortishuvga borgan.
Buning ustiga mahalliy muxlislar stadion tunneliga kirayotgan Eshmurodovga qarata turli buyumlarni uloqtirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» o‘yinda kichik hisobda g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter