Soliq qarzi: qarzdorning ikki avtomobili davlat ijrosiga olindi
Toshkent shahrida 638 million so‘mlik soliq qarzini undirish doirasida qarzdorga tegishli ikki qimmatbaho avtomobil xatlanib, elektron auksionga chiqarilishi belgilandi.
Majburiy ijro byurosining ma’lum qilishicha, Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2026-yil 20-apreldagi qarori asosida «K.M.» MChJdan davlat foydasiga 638 million so‘m soliq qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro hujjati 2026-yil 8-iyun kuni ish yurituviga qabul qilinib, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan qidiruv va ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli KIA Carnival hamda Leapmotor C10 rusumli avtotransport vositalari aniqlangan. Avtomobillar xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ayni paytda transport vositalari mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholanmoqda. Baholash ishlari yakunlangach, ular elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Auksiondan tushgan mablag‘lar hisobidan esa davlat oldidagi soliq qarzdorligini qoplash choralari ko‘riladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter