Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Sud tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi bilan Sarvarbek Azimjonovich Rahmonov sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi. 

S.Rahmonov tayinlovgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, tegishli farmoyish bilan:

– Ibragim Mirzaraximovich Alimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shunday besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);

– Azamat Shodmonovich Ikromov - sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shunday besh yil muddatga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Bundan tashqari M. N. Saidov yozma arizasiga asosan Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan;

A. X. Shukurullayev odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari - iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring