Suriyada Rossiya samolyoti halokatga uchradi

Suriyada Rossiyaning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda Rossiya harbiylari — 33 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lib, ularning barchasi halok bo‘lgan.
Samolyot Halabdan Xmeymim tomon uchgan. Voqea Moskva vaqti bilan soat 15:00 da sodir bo‘lib, An-26 rusumidagi Rossiya samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga taxminan 500 metr qolganda yerga urilgan. O‘sha vaqtda ob-havo yaxshi ekanligi ta’kidlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat sababi texnik nosozlikdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter