Surxondaryo viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlandi
Bugun, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi.
Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
T.Ismailov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov kuni-kecha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter