Surxondaryoda «UAZ» avtomobili gaz balloni portladi

Bugun, 28 iyul kuni soat 06:15da Muzrabot tumani «Yurtim jamoli» MFYda joylashgan «Qora marvarid» MChJga qarashli Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «UAZ» rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga keldi.
Natijada avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q.
Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter