Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda xizmat qilayotgan oddiy askar operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Surxondaryoda xizmat qilayotgan oddiy askar operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Termizda harbiy xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Mudofaa vazirligi quyidagilarni ma’lum qilgan:

Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. sog‘ligi bo‘yicha shikoyat qilganligi sababli 11-noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemor K.Q. «yurakning o‘ng bo‘lmachasida kontrast to‘ldirish defekti (tromb), ko‘ksi oralig‘ida hajmli hosila, ikki tomonlama gidrotoraks» aniqlangan. 14- noyabr kuni bemor shoshilinch ravishda «American Hospital» klinikasida kardioxirurg konsultatsiyasiga olib borilgan.

Bemor hayoti uchun tashxis va jarrohlik operatsiyasi o‘ta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy ko‘rsatmalarga asosan jarrohlik operatsiyasini bajarish lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari ishtirokida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan.

Bemorning umumiy ahvoli o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasiga mos ravishda og‘irligicha qolgan.

O‘tkazilgan reanimatsion chora tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik o‘lim qayd etilgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring