Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi sayyor qabuldan so‘ng qancha mahkum ozodlikka chiqarildi?

Surxondaryodagi sayyor qabuldan so‘ng qancha mahkum ozodlikka chiqarildi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘tgan dam olish kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud rahbariyati Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Sherobod va Denov tumanlari hamda Termiz shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarni qabul qildi.

Oliy sud matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, sayyor qabullarda uch yuzga yaqin fuqarolarning dard-u shikoyati tinglandi. Bir necha o‘nlab masalalar joyida hal etildi, yana shuncha masala bo‘yicha tushuntirishlar berildi. E’tiborlisi, 13 nafar mahbus jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 42 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod etildi.

Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi ish yurituvidagi ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi Abdullayev Jasurbek G‘afur o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi ish yurituvidagi ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi Radjabov Baxtiyar Xolmuradovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan ish haqining 20 foizini davlat hisobiga ushlab qolgan holda 2 yilu 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, qamoqdan ozod etildi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilinib, ma’muriy ish tugatildi.

Yana bir e’tiborli holatki, Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov Sherobod va Denov tumani Xalq qabulxonalariga, Termiz shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyiga huquqiy adabiyotlar to‘plamini sovg‘a qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring