Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi uchta tumanga hokimlar tayinlandi

Surxondaryodagi uchta tumanga hokimlar tayinlandi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi.

Surxondaryodagi uchta tumanga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ilhom Abrorov vazifasidan ozod etilgani ta’kidlandi. 

 Viloyat rahbari deputatlar e’tiboriga Denov tumani hokimi lavozimiga Normamatov Anvar Mamatovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi. 

Ma’lumot uchun, Anvar Normamatov 1981-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan, Sariosiyo, Uzun va Qiziriq tumanlari hamda Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limlarida boshliq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Oltinsoy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to‘xtaldi. 

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Baxrom Maxmatraemov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. 

Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Mavlyanov Otabek Rustamovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi. 

Ma’lumot uchun, Otabek Mavlyanov 1980-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Termiz davlat universitetini moliya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida mahalliy hokimliklar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Termiz tumani hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Qumqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Bugun Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Normamatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. 

Viloyat hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Xoliqov Farrux Omonovich nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi. Farrux Xoliqov Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan. 

Ma’lumot uchun, Farrux Xoliqov 1985-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2016-yilda Bosh prokuratura oliy o‘quv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Uzun va Sho‘rchi tumanlari prokurori sifatida ishlagan. Tayinlovga qadar Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring