Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Ortiqova «Xabar.uz»ga sim qoqdi

Svetlana Ortiqova «Xabar.uz»ga sim qoqdi

Foto: «Xabar.uz»

Yaqinda «Xabar.uz»da Bosh prokuror o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Svetlana Ortiqovaning  Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazganiga doir xabar berilganidan boxabarsiz.

Qabul tafsilotlari muxtasar bayon qilinar ekan, unda Svetlana Ortiqova jurnalistlar orasida «Sinchalak» nomi bilan tilga olinishi ham qistirib o‘tilgandi. Shundan so‘ng ayrimlar vahima qildiki,  boshingizga balo orttiribsiz, opa Bosh prokuror o‘rinbosari-ya, sizlarni qo‘ymaydi endi...

Vahimachilaram bor bo‘lsin: bilishmaydiki, Svetlana Boymirzayevna birovdan kek saqlamaydi, qayerda ishlamasin, cho‘rtkesar, ammo mudom samimiyatni qadrlab kelgan, hozirgi katta lavozimi ham tabiatidagi ayni xislatga ta’sir qilishi ehtimoli kam.

Mana, isboti: bugun tahririyatimizga Svetlana Boymirzayevna shaxsan qo‘ng‘iroq qildi. Kayfiyati ishchan, hech qanday gina-kudurati yo‘q. Saytimiz haqida iliq fikrlar aytib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek, faoliyatimizga omad tilash asnosida «Xabar.uz»ning telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lganini alohida qayd etdi.

Darvoqe, saytimizning telegramdagi kanaliga ulanish:

https://t.me/joinchat/AAAAAE6kMk7VmpcqzxoC3w

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring