Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiatga zarar yetkazish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Tabiatga zarar yetkazish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Foto:«Xabar.uz»

«Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududlarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikning yangi modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 Unga ko‘ra, xususiy sherikka:
- maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun tegishli hududlar biriktirib beriladi;
- davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari uzoq muddatga foydalanishga beriladi;
- davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari 7 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.

Ushbu sohada xususiy sektor ulushini 2022-yil yakuniga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.

2021-yil 1-yanvardan:

- hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari dastlab narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha mahalliy Kengashlar qarorlari bilan ma’qullanganidan so‘ng tasdiqlanadi;

- maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat ko‘rsatish uchun biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi;

- ikkilamchi xom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va o‘zlashtirish taqiqlanadi;

- qurilish ishlarida hosil bo‘ladigan chiqindilar birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yo‘naltiriladi;

- xonadonlar soni 300 tadan ortiq bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni to‘plash shoxobchalari bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilmaydi;

- aholi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasining Internet tarmog‘idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

- fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring