Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga qishki ta’tilda poyezd chiptasi uchun chegirma e’lon qilindi

Talabalarga qishki ta’tilda poyezd chiptasi uchun chegirma e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun 50 foizlik chegirmalarni e’lon qildi.

Chegirmalar 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvarigacha bo‘lgan davrda barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari uchun amal qiladi.

Faqat SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi chiptalari bundan mustasno.

Avvalroq Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasi ham qishki ta’til davrida talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring