Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tasodifmi? 1 trln.ga yer sotib olgan hokim yangi MChJga asos solgani aytilmoqda

Tasodifmi? 1 trln.ga yer sotib olgan hokim yangi MChJga asos solgani aytilmoqda

Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich 2022-yilning 13-sentyabr kuni 100 foizlik ulush bilan «Animals Service» MChJga asos soladi. Faoliyat turi «aralash qishloq xo‘jaligi» sifatida belgilanadi. Ustav fondi esa kamtargina 1 mln so‘m, deb yozmoqda Davletovuz kanali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Piskent tumani hokimi Rahimjon Rixsiyev auksionda qatnashib, 1 trln. so‘mga yer sotib olgani ma’lum bo‘lgandi.

Aniqrog‘i, 2022-yil 6-sentyabr kuni soat 9:00da e-auksion portalida Ohangaron tumani Markaziy qurg‘on mahallasi hududidagi salkam 398 gektar yerni 30 yilga ijaraga olish uchun ariza beradi. 9:30 da esa mulkni qo‘lga kiritadi. Auksion portali ma’lumotlarida keltirilishicha, bu joy qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan,  chorvachilik maqsadida ishlatilishi lozim. Darvoqe, mulkning boshlang‘ich bahosi qariyb 72 mln so‘m bo‘lgan.

Hokim o‘z bayonotida «platformaga nisbatan menda biroz ishonchsizlik paydo bo‘lgani uchun sinab ko‘rish maqsadida auksionda qatnashib, yer sotib oldim», deya izohlagandi.

Shuningdek, u o‘z bayonotida «men oldin tadbirkor bo‘lgan bo‘lsam-da, hozir tadbirkorlik bilan shug‘ullanmayman. Qolaversa, chorvachilik men uchun begona soha», degandi. 

Rahimjon Rixsiyev 2020-yilning 15-sentyabr kuni Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U bungacha Toshkent viloyati hokimining yordamchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring