Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizlik o‘qituvchi Toshkent tomon piyoda yo‘lga tushdi

Termizlik o‘qituvchi Toshkent tomon piyoda yo‘lga tushdi

Hozirgi global, xususan, global isish, yo‘qolayotgan flora va faunaga be’etibor bo‘lmagan do‘stlarim ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, noyob hayvonlar va o‘simliklarning betartib talon-taroji,   ijtimoiy notenglik, nafaqat qaysidir muayyan ozchilikning, balki butun insoniyat, tiriklik huquqlari haqida qayg‘uruvchi ancha-muncha kishilarni ham taniyman.

Shunday bo‘lsada, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda dunyodagi aksariyat aholining, jumladan O‘zbekistonda ham bu kabi global muammolar haqida ko‘pchilik ma’lumotga ega emasligini tushunish qiyin emas.

Ayniqsa, oxirgi yillarda yuz berayotgan yuzlab korrupsiya holatlari, katta-katta monopol tashkilotlarining, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarida aholi bilan kommunikativ jarayon judayam hunuk ishlayotganligini ham bemalol kuzatish mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati tomonidan jahon hamjamiyati bilan ushbu yo‘nalishlarda ancha-muncha kelishuvlarga erishilgan, ancha-muncha yo‘nalishlar belgilab olingan bo‘lsada, bu ishlarning evolyusion inersiyaga qo‘yib berilayotganligi menga o‘xshagan odamlarni doimiy ruhiy zo‘riqishda yashashiga olib kelmoqda.

Oxirgi vaqtlarda shu darajada ruhan zo‘riqayapmanki, millionlab aholimizning ishsiz, o‘z holiga, taqdir zayliga qo‘yib berilayotgani meni qiynamoqda. Hukumat tomonidan yetarli e’tibor, yetarli keng qamrovli dasturlar yo‘q, yurtda yagona kommunikatsiya o‘rnatilmagan, aytilgan balandparvoz gaplaru qabul qilinayotgan hujjatlar aro yo‘lda qolib ketmoqda. Ko‘plab odamlarimiz  o‘ta qashshoqlikda, o‘ta kam ish haqiga ishlab, yashab kelayotganliklarini, shu muammolar bilan hatto vafot etib ketayoganliklarini ko‘rib o‘zimni shart-sharoitli muhitda yashashga haqqim yo‘q deb hisoblab qolayapman.

Buni 1 800 000 so‘m oylikka ishlayotgan, kasal bo‘lsa davolana olmaydigan bir o‘qituvchi aytayapti. Bilasizmi, qishlog‘imda qanchadan-qancha kishi bilan hech kim qiziqqani yo‘q — o‘zlari bir umr yer tirnab, mol boqib yashab yana davlatga soliq to‘laydi, xizmat qiladi. Oxirgi vaktlarda ekologik holatning buzilishi, ustiga-ustak suv tanqisligi ularni yana «tupik»ka tiqib qo‘ymokda. Menku kasbim bor, yashayman desam qila oladigan ishim ham ko‘p, ammo ular nima qilishi kerak? Ular alamzadalikni zo‘ravonlik kabi ishlar bilan chiqarib boradi, jinoyat ortadida.

Bugungi kunda dunyodagi urushlar va ekologik katastrofa, mahalliy hokimiyatlarning tanazzuli oqibatida ko‘chishga majbur bo‘layotgan, och qolayotgan, o‘ldirilayotganlarni ko‘rib, uning ustiga o‘z yurtimda bo‘layotgan ishlardan xotirjam yashay olmadim, qisqasi.

Shu uchun bugundan boshlab men Termizdan Toshkentga piyoda yurib bormoqchiman. Yo‘limda turli hudud, jins, yosh, soha va qatlam vakillari bilan samimiy suhbatlashib fikrlarini yozib bormoqchiman.

...Yo‘l-yulakay yerdagi pivo, pepsi, kola, energetik ichimliklarning bankalarini, chiqindilar yig‘ib yuribman. Bekor ketgim kelmadi ularni ko‘rib.

Sharif Xudoyberdiyev,
o‘qituvchi

Manba: facebook.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring