Terrorchi Parij va Bryussel terakti ijrochisining ozod etilishini so‘rayapti

Fransiyaning Od departamentida joylashgan supermarketda noma’lum shaxs mijozlarni garovga olib, otishma sodir etgani haqida xabar bergan edik.
Voqea sodir bo‘lgan kommuna meri supermarketda ishlaydigan qassobning halok bo‘lgani haqida ma’lumot bergandi. Od departamentining Treb kommunasida joylashgan «Super U» supermarketida qurollangan erkak odamlarni garovga olgan edi. Hodisa bo‘yicha javobgarlikni «IShID» o‘z zimmasiga olgan.
Jinoyatchi asli marokashlik ekanligi va u avvaldan fransuz maxsus xizmatiga ma’lum bo‘lgani aytilmoqda. U Parij va Bryusseldagi teraktlarning asosiy ijrochisi Saloh Abdusalomning ozod etilishini talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter