Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-martdan Toshkentdagi barcha jamoat transportlari harakati to‘xtatiladi

22-martdan Toshkentdagi barcha jamoat transportlari harakati to‘xtatiladi

Bugun 21-mart kuni bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi»ning yig‘ilishida 22-martdan poytaxtimizdagi jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Mazkur yig‘ilishning 8-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

  • 2020-yil 22-martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi;
  • Yulovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;
  • Shahrimizdagi shifoxonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun, ularning xodimlari soniga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda maxsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;
  • Jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Har kuni yo‘nalishga chiqqan har bir taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida ma’lumotnoma berib boriladi.

Mutasaddilarga Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring