Tibbiyotdagi muammolarning yechimi ma’lum qilindi

Tibbiyot muassasalariga ayni paytda 50 mingta kompyuter yetishmaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan tibbiyot sohasida o‘tkazilgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.
Misol uchun, Jomboyda 12 ta oilaviy poliklinika va shifokorlik punktidan 11 tasida kompyuter ham, internet ham yo‘q.
Shu bilan birga, sohani raqamlashtirish uchun budjetdan ajratilgan 28 milliard so‘m, o‘tgan 4 oyda hali o‘zlashtirilmagan.
Yig‘ilish davomida vaziyatni o‘nglash uchun barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta IT-operator–hamshira lavozimi joriy etilishi ma’lum qilindi. Tibbiyot xodimlari uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha IT-markazlarda bepul o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etiladi.
Yil yakuniga qadar aholining salomatligi va tibbiy jihozlarning ma’lumotlar bazasi yo‘lga qo‘yiladi.
Joriy yil 1 avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirilib, barcha hududlar va ixtisoslashgan markazlar ulanishi ta’minlanadi. Shuningdek, 1 avgustga qadar Sirdaryo viloyatida, 1 noyabrga qadar Toshkent shahrida barcha poliklinikalar to‘liq raqamlashtiriladi.
Yil yakuniga qadar yangi 11 ta xususiy sheriklik bitimlari imzolanadi va 6 ta boshlangan loyiha ishga tushiriladi. Uch oy muddatda Guliston shahridagi 1 ta oilaviy poliklinikani xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tajriba boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter