Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Time» internetda ommaga ta’siri katta kishilarni aniqladi

«Time» internetda  ommaga ta’siri katta kishilarni aniqladi

Foto:«Zerkalo nedeli»

«Time» jurnali 2018-yilda internetdagi eng ommaga ta’siri katta kishilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Inflyuenserlar (ijtimoiy tarmoqlar orqali tinglovchilarga ta’sir ko‘rsatadigan shaxs) orasida shou-biznes vakillari, mashhur blogerlar, siyosatchilar va boshqa soha xodimlari ham bor. Ta’kidlash joizki, yangilik yasovchilar orasida ijobiylari ham, g‘azabga giriftor bo‘lganlari ham bor.

Ro‘yxatdan AQSh prezidenti Donald Tramp, qo‘shiqchi Rianna, modeler Kayli Jenner, 17 yoshli xonanda Ariel Martin (Baby Ariel), amerikalik reper Kane Uest, koreyalik pop-guruh BTS, bloger Bizi Filipps, yaponiyalik modeler Naomi Vatanabe, «YouTube» yulduzlari Logan va Jeyk Pol, bloger Rayan va Roland Sabo, «Yanny yoki Laurel?» tarmoqdagi virus yozuvlarni e’lon qiluvchilar o‘rin olgan.

Shuningdek, jurnal ro‘yxatiga Sharlotta va Deyv Villner, Filippin harakati – #BabaeAko, parklendlik faol talaba hamda qurol-yaroq nazoratini kuchaytirishni talab etuvchilar va boshqalar kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring