Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV Xalq bankining binosiga, bank esa Qatortolga ko‘chdi

TIV Xalq bankining binosiga, bank esa Qatortolga ko‘chdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yangi binoga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maxsus bayonot bergan edi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Xalq banki bosh ofisi joylashgan binoga ko‘chib o‘tmoqda. Bu bino avval Toshkent shahar hokimligiga tegishli bo‘lgan va O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov topshirig‘iga ko‘ra o‘sha paytda bo‘sh turgani uchun Xalq banki tasarrufiga no‘l balansda berilgan edi.

Xalq bankining respublika boshqaruvi esa Toshkent shahri Qatortol ko‘chasi 46-uyga ko‘chib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligining binosiga berilgunga qadar Xalq banki bosh ofisi aynan shu manzilda faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring