Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi

Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi

Foto: Xabar.uz

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, dushanba kuni Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorev TIVga chaqirilgan. Unga Rossiya hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan «katta salbiy munosabat namoyon bo‘lgan ko‘plab holatlar» munosabati bilan norozilik notasi taqdim etildi.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada tojikistonliklarning huquq va erkinliklari «keng miqyosda poymol etilayotganini» e’lon qildi.

«Notada qayd etilishicha, bunday harakat faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi, bu tojik-rus munosabatlari ruhi va an’analariga tubdan mos kelmaydi», — deyiladi departamentning Telegramdagi xabarida.

Kecha, 28-aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi puxta tekshiruvlar natijasida Moskva aeroportlarida mingga yaqin respublika fuqarosi qolib ketgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Asia Plus nashrining yozishicha, 22-apreldan buyon Orenburg viloyatidagi Qozog‘iston-Rossiya chegarasida tojikistonliklar to‘xtatib qolingan.

Shu fonda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring