Tojikistonda elektromobillar ishlab chiqariladi
Tojikistonda elektr transportini rivojlantirish davlat dasturi doirasida elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Mamlakat transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, loyihada Xitoy kompaniyalari ishtirok etadi.
«Tojikiston ekologik toza va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaruvchisidir, shu bois mamlakatda elektr transportidan foydalanish samarali va maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, bu bilan importga qaramlik kamaytiriladi», — dedi transport vaziri Aziz Ibrohim.
Kompleks dasturni amalga oshirishga 228 mln 916 ming somoniy (272 mlrd so‘m atrofida) sarflanishi hisoblab chiqilgan. Asosiy sarmoyani xususiy sektor kiritishi kutilmoqda.
Dasturni 2028-yilga qadar amalga oshirish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter