Tolibon harakati AQSh samolyotini urib tushirganini da’vo qilmoqda

Afg‘onistondagi Tolibon harakati AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotini urib tushirganini da’vo qilmoqda.
Xabar qilinishicha, samolyot go‘yoki Vashir provinsiyasida urib tushirilgan. Shundan so‘ng Boeing B-52 Stratofortress qulagani va ekipajning barcha a’zolari halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hozircha na Afg‘onistonning rasmiy hukumati va na AQSh tomoni bu xabarga izoh berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter