«Tolibon» jangarilari G‘aznaga hujum uyushtirdi

«Tolibon» guruhi jangarilari Afg‘oniston markazidagi G‘azna shahriga hujum uyushtirdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Kobul – G‘azna avtomagistral yo‘li «Tolibon» jangarilari va hukumat kuchlarining to‘qnashuvi tufayli yopib qo‘yilgan.
«Agar bizga yordam ko‘rsatilmasa, «Tolibon» jangarilari G‘azna shahrini bosib olishi hech gap emas», – degan G‘azna viloyati kengashi vakili Hamidulla Navro‘ziy mahalliy telekanalga bergan intervyusida.
Afg‘onistonda tez-tez «Tolibon» jangarilari bilan hukumat kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter