Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» mafkurasi O‘zbekistonga kirishi mumkinmi?

«Tolibon» mafkurasi O‘zbekistonga kirishi mumkinmi?

Foto: TIV

O‘zbekiston hukumati mamlakatga «Tolibon» harakatining mafkurasi kirib kelishidan xavfsirayotganligi yo‘q. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya OAVlari uchun matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Bugun biz toliblar mafkurasining kirib kelishi bo‘yicha xavfni ko‘rayotganligimiz yo‘q. Toliblarning mafkurasi oxir oqibat o‘z Vatanini xorijiy harbiylardan ozod qilishdan iborat. Ular qandaydir mafkurani eksport qilishni boshlashiga juda ko‘p vaqt talab etiladi», — dedi Komilov.

Vazirning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati oldida birinchi navbatda davlat qurish va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinish vazifalari turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonda bo‘lib, muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afg‘oniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring